Jizzaxda neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Zafarobod tumaniga tashrif buyurdi. Tumanning «Chimqo‘rg‘on» qishloq fuqarolar yig‘ini hududida Jizzax neftni qayta ishlash majmuasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘ldi. 

2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya qilish va diversifikatsiyalash, tarkibiy islohotlarni chuqurlashtirish orqali uning raqobatbardoshligini oshirish asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan. Batafsil

Asosiy maqsadimiz – mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirish va xalqimiz farovonligini yuksaltirishdir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 27-aprel kuni Jizzax viloyatida bo‘ldi.

Mustaqillik yillarida viloyat har tomonlama rivojlandi, shahar va qishloqlar obod bo‘lib, aholining turmush farovonligi oshdi. Hududda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida qurilish, qishloq xo‘jaligi tarmoqlarida, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda salmoqli natijalarga erishilmoqda. Batafsil

Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkorlarga ko‘maklashish markazi tadbirkorlarning haqiqiy ko‘makchisi bo‘lishi lozim

Davlatimiz rahbari Jizzax shahridagi Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi faoliyati bilan tanishdi. Markazda tadbirkorlarga barcha turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari jadal rivojlanayotgan bugungi davrda komputer, internet va boshqa aloqa vositalari olis qishloqlarda ham kundalik turmush tarzining ajralmas qismiga aylanib borayotir. Zamonaviy texnologiyalardan foydalanish samaradorligi yildan-yilga oshib, komputer texnikasi va elektron hujjat aylanish tizimi rivojlanayotir. Barcha sohada ilg‘or kommunikatsiya texnologiyalari qulay va tezkor ma’lumot almashish va xizmat ko‘rsatish vositasiga aylanmoqda. Batafsil