Перейти к основному содержимому

АО "Ипакчи Файз-тонг"Портал открытой информации

Президент: Любой лидер, который откладывает цифровизацию, будет выступать против нашей политики открытости

Президент: Любой лидер, который откладывает цифровизацию, будет выступать против нашей политики открытости

Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda rasmiylashtirish imkonini yaratishi kerakligi ta’kidlandi.

zfxgonbfta7fplj7ibosfzsqdockqa3x-webp.webp

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident xizmatlar sohasida raqobatbardoshlikni oshirish bevosita hudud va tarmoqlarni raqamlashtirish darajasi bilan bog‘liqligini ta’kidladi.

Kadastr agentligiga ko‘chmas mulk manzillarining yagona reyestrini tez fursatda oxiriga yetkazish, Transport vazirligiga barcha turdagi yo‘lovchi transportiga chipta olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirish kechikayotgani ko‘rsatib o‘tildi. 

 

“Takror aytaman. Qaysi rahbar raqamlashtirishni kechiktirsa – ochiqlik siyosatimizga qarshi chiqqan bo‘ladi”,
 - dedi Prezident. 

Vazirlar Mahkamasiga har bir vazir va hokimga raqamlashtirish bo‘yicha alohida KPI, aniq vazifa va muddatlarni belgilab berish topshirildi.

Misol uchun, Turizm qo‘mitasi turistlar mehmonxona, dam olish maskanlarini “bron” qilish, avia va temir yo‘l, muzey, teatrga chipta sotib olish, gid va tarjimonlarni yollash kabi xizmatlarni masofadan turib olish imkonini beradigan yagona platformani ishga tushirishi lozim.

Yoki, Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari O‘zbekistonga kirish uchun elektron vizani 3 kunda rasmiylashtirish imkonini yaratishi kerak.